织梦CMS - 轻松建站从此开始!

欧博ABG-会员注册-官网网址

欧博abgEndi O'zbekistonda elektr energiyasi yok

时间:2025-09-15 21:25来源: 作者:admin 点击: 3 次
Adliya vazirligi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida

Adliya vazirligi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Xo‘sh, loyihada nimalar nazarda tutilmoqda va iste’molchilar uchun qanday yengilliklar yaratilmoqda? 

Birinchidan, elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni cheklash va uzib qo‘yish bilan bog‘liq qoidalar faqat shartnomada ko‘rsatilishi belgilanmoqda.

Amaldagi qoidalarida (Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan) elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni cheklash va uzib qo‘yishga oid qoidalar nazarda tutilgan.

Shundan kelib chiqib, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha uzilishlar shartnoma tomonlari (iste’molchi va yetkazib beruvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga begona shaxslar aralashib shartnomada belgilanmagan yangi huquq va majburiyatlarni yuklashga oid normalar chiqarib tashlanmoqda.

Ikkinchidan, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish sifatsiz bo‘lsa hamda yetkazib berishda yo‘l qo‘yiladigan tanaffusning davomiyligiga rioya qilinmasa iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilinishiga oid qoidalar belgilanmoqda.

Ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganilganda ularda energiya yetkazib berishda yo‘l qo‘yiladigan tanaffuslarning aniq davomiylik muddatlari ko‘rsatilgan hamda agar zarur sifatga ega bo‘lmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq bo‘lgan tanaffuslar bilan yetkazib berilganda to‘lov miqdori qayta hisob-kitob qilinishi belgilangan.

Xuddi shu kabi qoidalar Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan) ham nazarda tutilgan.

Biroq, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishda bunday qoidalar nazarda tutilmagan edi.

Uchinchidan, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha norial qarzdorliklar summasi oshishining oldini olish maqsadida iste’molchilarga davrlar bo‘yicha sarflagan energiyasi va unga to‘lagan to‘lovlar to‘g‘risidagi aniq axborotlarni olish huquqi berilmoqda.

Ushbu amaliyot ko‘plab xorijiy davlatlarda, xususan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda.

To‘rtinchidan, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlariga iste’molchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik majburiyati yuklanmoqda.

Amaldagi qoidalarda (Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan) elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishda va energiya ta’minoti shartnomasini rasmiylashtirishda energiya ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Beshinchidan, murojaatlarni qabul qilish maqsadida 24 soat mobaynida tunu kun ishlaydigan yagona “call-center” markazlari faoliyatini tashkil etish belgilanmoqda.

Buning natijasida respublikamizning turli hududlarida iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’mol qilishida yuzaga kelgan muammolari tezkorlik bilan bartaraf etiladi.

Oltinchidan, iste’molchilarning huquqlari sifatida umumiy foydalanishdagi energiya tarmoqlarini o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlaganda yoki tiklaganda, energiya ta’minoti tashkilotidan ushbu harajatlarni qisqa muddatda qoplab berilishini talab qilish huquqi kiritilmoqda.

Amaliyotda energiya tarmoqlaridagi ta’mirlash ishlari yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilmayotganligi sababli, maishiy iste’molchilar ushbu nosozliklarni o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlamoqda.

Yettinchidan, elektr energiyasini hisobga olish elektr asboblari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan almashtirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Amaldagi qoidalarda (Hukumatning 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan) yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarni o‘z balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar elektr energiya ni hisobga olish asboblarini va ularni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat narxini o‘z hisobidan to‘lashi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, loyihada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid boshqa bir qator qoidalar ham kiritilmoqda.

(责任编辑:)
------分隔线----------------------------
发表评论
请自觉遵守互联网相关的政策法规,严禁发布色情、暴力、反动的言论。
评价:
表情:
用户名: 验证码:
发布者资料
查看详细资料 发送留言 加为好友 用户等级: 注册时间:2025-09-16 07:09 最后登录:2025-09-16 07:09
栏目列表
推荐内容